
GINGIVIT ETIOLOGIYASI

XAVF OMILLARI
- Tamaki chekish;
- Og’iz gigienasining buzilishi;
- Immunodepressiv holatlar;
- Adekvat stomatologik yordamga murojaat qilish imkoni yo’qligi;
- To’yib ovqatlanmaslik;
- Tish toshlari;
- 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- Qandli diabet;
- Homiladorlik;
- Vitamin C yetishmasligi;
- Depressiyalar;
- O’RVI, gripp, angina, OITS, sil kasalligi va boshqa kasalliklar;
- Organimzning og’ir metallar bilan zaharlanishi (simob, vismut, qo’rg’oshin);
- Og’zaki kontratseptivlaridan foydalanish;
- Prikus patologiyasi;
- Muammoli plombalar;
- Burundan nafas olishning buzilishi.
PATOGENEZI
Bioplyonkalar (asosan Aktinomitset, Tannerella forsythia, Fusobacterium nucleatum, Spiroxetalar, Synergistetes) tish karashi paydo bo’lishi va gingivit rivojlanishi, karies, parodontit rivojlanishi uchun mas’uldir.EPIDEMIOLOGIYA
Gingivit erkaklarda ayollarga qaraganda ko’proq uchraydi. Kasallik noqulay ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bo’lgan, shuningdek adekvat stomatologik yordam olish imkoni bo’lmagan va ruhiy chekinishlari bo’lgan kishilar guruhida keng tarqalgan.GINGIVITNING ALOMATLARI, BELGILARI, TASNIFI
O’TKIR
Kataral gingivit kasallikning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Asosiy alomatlari — milklarning qizarishi, ozgina shishganligi, ko’pincha tishlarda yumshoq va qattiq qatlamlar hosil bo’lishi. Tishlarni yuvishda milk yallig’langanligi va qon ketishi kuzatilishi mumkin.SURUNKALI
Surunkali gingivit bemorda og’riq chaqirmasligi, biroq yallig’lanish uzoq va zaif davom etishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun surunkali gingivit ko’p hollarda tish shifokorining profilaktik tekshiruvlarida tashxislanadi.Surunkali gingivitda vaqti-vaqti bilan tish yuvish paytida qonash, og’izdan noxush hid kelishi, milning qizarganligi va shishganligi qayd qilinadi. Kasallik o’tkirlashganida, milk yorqin tus oladi, shishadi va qonaydi. Tishda qatlam to’planishi qayq qilinadi, ba’zan ular tishning qattiq to’qimalariga zarar yetkazadi.
DESKVAMATIV GINGIVIT
Milk epiteliyining intensiv qizarishi va mo’l deskvamatsiyalanishi (bir qavatining ko’chishi) bilan ajralib turadi.GIPERPLASTIK GINGIVIT
Gipertrofik (giperplastik) gingivit kamdan-kam hollarda uchraydi va ko’pincha organizmdagi endokrin o’zgarishlar bilan bog’liq. Ushbu turdagi kasallik o’smirlarda (yuvenil gingivit), homilador ayollar va qandli diabet bilan kasallangan kishilarda kuzatilishi mumkin. Gipertrofik gingivitda tish-milk so’rg’ichlar hajmi oshadi.Kasallikda milklar qonashi, yiring ajralishi kuzatiladi, milklar qo’ng’ir-ko’kimtir tusga kiradi, og’izdan noxush hid keladi, tishda qatlam to’planadi, soxta-patologik cho’ntaklar shakllanadi.
Gipertrofik gingivitning og’irlik darajasi milk giperplaziyasining yaqqolligi bilan aniqlanadi: yengil darajada tish tojining — 1/3 gacha, o’rta darajada — 1/2 gacha, og’ir darajada — 1/2 dan ko’proq qismi.
ODDIY MARGINAL
Ko’pincha bolalikda kuzatiladi va og’iz gigienasi buzilishi bilan bog’liq.YARALI
Milkning kuchli qichishi, achishi, qonashi va yara hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi.ATROFIK GINGIVIT
Milk to’qimasi hajmining kamayishi bilan tavsiflanadi.O’TKIR NEKROTIZATSIYALI YARALI GINGIVIT
KXT-10 da alohida tasniflanadi. Kasallikning sababchilari bakterial infektsiya hisoblanadi, asosan P. intermedia, fuzobakteriyalar kabi anaeroblar, shuningdek Borrelia va Treponema kabi spriroxetalar. Og’izning shilliq qavati yallig’lanadi, qonashi, yoqimsiz hid kelishi qayd qilinadi, tishlararo so’rg’ichlarning nekrozi paydo bo’ladi. Kasallik yoshlarda (17-30 yosh) og’iz gigienasiga yetarli rioya qilmaslik tufayli kelib chiqadi. O’RVI, gripp, angina, OITS, sil kasalligi va boshqa kasalliklarda paydo bo’lishi mumkin.GINGIVITNI DAVOLASH
Kasallikning kechishidan kelib chiqib, tegishli davolash o’tkaziladi: u og’iz bo’shlig’ini professional tozalash yoki jarrohlik yordamida davolash bo’lishi mumkin. Jiddiy yoki uzoq muddatli gingivitda penitsillin, tetratsiklin, doksitsiklin, metronidazol, siprofloksatsin, klindamitsin kabi antibiotiklardan tizimli foydalanish mumkin. Milkdagi og’riqni qoldirish uchun paratsetamol yoki ibuprofen buyuriladi.YAKUNI
Odatda to’liq shifo topishi bilan yakunlanadi, chunki tish-milk birikmasi buzilmaydi.GINGIVITNI OLDINI OLISH
- Og’iz gigienasiga rioya qilish (tish pastalari, gellar, chayqash);
- Chekishni tashlash;
- Elektrik tish cho’tkalarini qo’llash;
- Metronidazolli tish gellari qo’llash, masalan, «Metrogil Denta»;
- Ambazone, 2,4-dixlorobenzilli spirt, amilmetakrezol kabi tabletkalar shaklida shimish uchun dorilar;
- Xlorgeksidin, vodorod peroksidi, etanol, timol, sineol, metilsalitsilat, mentol, metilparaben, benzalkoniy xlorid, ftorid yoki ksilit saqlagan eritmalar bilan og’izni chayish. So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar efir moylar saqlagan og’izni chayish uchun eritmalar foydali ta’sir ko’rsatishini aniqladi;
- Triklozan saqlagan tish pastalarini qo’llash;
- Kaltsiy preparatlarini qabul qilish.
ASORATLARI
- Parodontit va keyinchalik tishlarni tushib ketishi;
- Apikal periodont va jag’ suyaklarining infektsiyalanishi;
- Kasallikning yarali-nekrotik shakliga o’tishi;
- Gematogen infektsiyalar — infektsiyali endokardit, glomerulonefrit.